Xitoyda tahsil olayotgan talabalarimiz xalqaro tajriba orttirmoqda30.10.2026 09:28·Ko'rishlar:30Batafsil
Rektor boshchiligida institut vakillari xalqaro ta’lim forumida ishtirok etmoqda28.10.2026 11:35·Ko'rishlar:7Batafsil
RUS TILI YO‘NALISHIDA “YOSH KITOBXON” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI27.10.2026 10:23·Ko'rishlar:5Batafsil
Erta turmush va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning tibbiy oqibatlari muhokama qilindiKattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida erta turmush, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh hamda kam uchraydigan kasalliklarning kelib chiqish omillariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi G.Shokirova hamda institut psixologlari G.Innatullayeva va Z.Xidirova tashabbusi bilan tashkil etildi. Salomatlik va strategik rivojlantirish instituti xodimlari shifokorlar D.Eshmonova, J.Eshnazarov va A.Patapenko mavzu yuzasidan ma’ruzalar qildilar. Ma’ruzalarda erta turmushning reproduktiv salomatlikka ta’siri, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohda avlodda ayrim irsiy kasalliklarning yuzaga kelish xavfi, shuningdek, kam uchraydigan (orfan) kasalliklarning kelib chiqish sabablari haqida tibbiy ma’lumotlar berildi. Shifokorlar irsiy kasalliklar xavfini baholashda tibbiy-genetik maslahatning ahamiyati, nikoh va farzand rejalashtirish masalalarida tibbiy savodxonlikni oshirish hamda kelajak avlod salomatligini muhofaza qilish zarurligiga alohida e’tibor qaratdilar.22.10.2026 13:31·Ko'rishlar:5Batafsil