
O‘rikzor mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi
22.10.2026 soat 13:28Ko'rishlar:3
Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Shomurod Mustafayev Kattaqo‘rg‘on shahridagi O‘rikzor mahalla fuqarolar yig‘ini binosida sayyor qabul o‘tkazdi. Qabulda mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, yoshlar yetakchisi hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida yoshlarning murojaatlari, takliflari va ta’lim sohasiga oid muammolari tinglanib, ularni hal etish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topishga alohida e’tibor qaratildi.











