Asosiy mazmunga o'tish
Xitoyda tahsil olayotgan talabalarimiz xalqaro tajriba orttirmoqda

Xitoyda tahsil olayotgan talabalarimiz xalqaro tajriba orttirmoqda

30.10.2026 soat 09:28Ilmiy faoliyat yangiliklariIlmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektoriKo'rishlar:301 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining 4-bosqich talabalari Robiya Alibekova va Ra’no Aminova talabalar almashinuvi dasturi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining Nanjing politexnika institutida tahsil olmoqda.

Talabalar xorijda ta’lim olish jarayonida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, xalqaro tajriba orttirish hamda yangi muhitga moslashish imkoniyatidan samarali foydalanmoqda. Shuningdek, ular ta’lim muassasasida tashkil etilayotgan turli tadbirlarda faol ishtirok etib, o‘qishlarini muvaffaqiyatli davom ettirmoqda.

Robiya Alibekova va Ra’no Aminova xorijda tahsil olish jarayonidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, yangi bilimlar va tajribalar orttirish imkoniyati ular uchun muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz