Oʻquv-uslubiy boshqarmasi

Madatov Ilhom Yusup O‘g‘li
Dekan
- Qabul vaqti:
- Dushanba – Shanba 14:00 dan 16:00 gacha
- Telefon:
- +998 90 469 38 30
- E-mail:
- ilhommadatov7@gmail.com
- Boshqarma Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
- Boshqarma-o‘quv jarayonini boshqaruvchi tuzilma bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib qo‘ygan va shu asosda faoliyat olib boradi.
- Boshqarma Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash, fakultet, kafedralar o‘quv ishlarida yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish vakolatlariga ega.
- Boshqarma talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.
Fakultetlar soni-3 ta
Kafedralar soni- 6 ta
Ta’lim shakllari:- Kunduzgi
- Kechki
- Sirtqi.
- Kunduzgi
- Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, Filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
- Filialda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
- Filial fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
- O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
- Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda yerishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va Filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
- Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
- Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
- Talabalar davomatini tahlil etish;
- Filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
- Filialdagi barcha fakultetlarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
- Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
- Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
- O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
- Filial fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
- Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
- O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
- Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
- Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;


