
O‘zbek tili – millat g‘ururi va ma’naviyat ko‘zgusi
21.10.2026 soat 11:28YangiliklarYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limiKo'rishlar:71 daqiqada o'qiladi
Bugun erta tongdan Kattaqo‘rg‘on shahridagi Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog‘ida 21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek tilining milliy o‘zligimizni anglashdagi o‘rni, uning boy tarixi va ma’naviy ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Talabalar tomonidan esa ona tilimizni madh etuvchi she’rlar va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Bayram tadbiri ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada mustahkamlash, yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini yuksaltirishga xizmat qildi.














