Pedagogik jamoaning ruhiy barqarorligini mustahkamlashga qaratilgan treninglar tashkil etildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida pedagog xodimlarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, kasbiy stressning oldini olish hamda ruhiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida psixologlar tomonidan pedagogik jamoa uchun psixologik treninglar tashkil etildi.
Treninglar davomida kasbiy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan ruhiy zo‘riqishlarni kamaytirish, stressli vaziyatlarni samarali boshqarish, hissiy muvozanatni saqlash hamda jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga ruhiy barqarorlikni mustahkamlash, o‘z hissiyotlarini boshqarish va kasbiy faoliyatda uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga doir psixologik tavsiyalar berildi.




