
TALABALAR XAVFSIZLIGI – USTUVOR VAZIFA
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar turar joylarida hamda ijara xonadonlarida istiqomat qiluvchi talabalarning kuz-qish mavsumida hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati rahbari I.Baqoyev, Kattaqo‘rg‘on shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta inspektori S.Samatov, mazkur bo‘lim qoshidagi “Hayot faoliyati xavfsizligi” o‘quv markazi o‘qituvchilari N.Sharipov va I.Nurmurodov, institutning fuqaro va mehnat muhofazasi muhandisi A.Eshonqulov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida kuz-qish mavsumida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, elektr jihozlari bilan bog‘liq ehtiyot choralariga amal qilish, yong‘in va is gazidan zaharlanish kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, talabalarga favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish hamda ehtimoliy xavf-xatarlardan himoyalanish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.










