Asosiy mazmunga o'tish
RUS TILI YO‘NALISHIDA “YOSH KITOBXON” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

RUS TILI YO‘NALISHIDA “YOSH KITOBXON” TANLOVI G‘OLIBLARI ANIQLANDI

27.10.2026 soat 10:23YangiliklarYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limiKo'rishlar:51 daqiqada o'qiladi

Talaba-yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish, kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali va tizimli tashkil etish maqsadida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yosh kitobxon” tanlovi qo‘shimcha ravishda olti tilda, jumladan, rus tilida ham tashkil etilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetining rus tili yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Yosh kitobxon” tanlovi rus tilida o‘tkazildi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, 1-o‘rinni RT_25_05-guruh talabasi Norboyeva Setora Bahrom qizi, 2-o‘rinni RT_26_05-guruh talabasi Nurilloyeva Saidabegim Nodirovna, 3-o‘rinni esa RT_25_05-guruh talabasi Abdivaitova Mehribon Zohid qizi egalladi.

Mazkur tanlov talaba-yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz