Asosiy mazmunga o'tish
Talabalar turar joyida zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan suhbat va treninglar o‘tkazildi

Talabalar turar joyida zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan suhbat va treninglar o‘tkazildi

25.11.2025 soat 15:27Davra suhbatlariMatbuotKo'rishlar:35

25-noyabr – “Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish kuni” munosabati bilan 2-sonli Talabalar turar joyining 2- va 3-qavatlarida yashovchi talaba qizlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga TTJ ichki tartib-qoidalariga rioya etish masalalari yuzasidan ham batafsil tushuntirishlar berildi.
Mazkur davra suhbati hafta davomida turar joyning barcha qavatlarida bosqichma-bosqich o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, ishtirokchi talaba qizlar o‘rtasida mavzuga oid so‘rovnomalar o‘tkazilib, psixologik treninglar ham tashkil etildi.
Tadbir institut psixologi M.Sulaymonov hamda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixolog G. Inatullayeva tomonidan olib borildi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz