Asosiy mazmunga o'tish
REKTOR BOSHCHILIGIDA TALABA-YOSHLAR QATAG‘ON QURBONLARI HAYOTI BILAN TANISHDI

REKTOR BOSHCHILIGIDA TALABA-YOSHLAR QATAG‘ON QURBONLARI HAYOTI BILAN TANISHDI

25.11.2025 soat 12:04TashriflarMatbuotKo'rishlar:431 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sh.Urakov va prorektor Sh.Mustafoyev boshchiligidagi talaba-yoshlar Samarqand shahridagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyiga borishdi.
Tashrif Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 4-noyabrdagi 691-sonli “2025–2026-yillarda mamlakatimizda qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyatini targ‘ib etish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Tashrif davomida talabalar siyosiy qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyati bilan tanishdi. Ularning xotirasini saqlash va yoshlar ongida milliy g‘urur hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’lumotlar tanishtirildi.
Muzey xodimlari o‘tmishimizda sodir bo‘lgan fojiali davrlar, begunoh qurbon bo‘lgan ajdodlarimiz, ularning hayoti va merosi haqida keng qamrovli tarixiy ma’lumotlar berishdi.
Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va tarixiy voqealarga bo‘lgan qiziqishlari yanada oshdi.
Ushbu tashrif yosh avlodni tarixiy haqiqatni chuqurroq anglashga, milliy qadriyatlarimizni hurmat qilishga va vatanga sadoqat ruhini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz