Asosiy mazmunga o'tish
“Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman” shiori ostida tanlovlar o‘tkazildi

“Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman” shiori ostida tanlovlar o‘tkazildi

25.11.2025 soat 15:44YangiliklarMatbuotKo'rishlar:371 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanaman” shiori ostida talabalar o‘rtasida “kibergigiyena” ko‘nikmalarini shakllantirish, innovasion yondashuvlar asosida internetdan xavfsiz foydalanish madaniyatini targ‘ib etishga qaratilgan tanlovlar tashkil etildi.
Mazkur tadbir doirasida “Eng yaxshi kontent” va “Eng ta’sirli videorolik” nominatsiyalari bo‘yicha ijodiy ishlar qabul qilinib, talabalarning internetdagi faoliyat madaniyatini oshirish, axborot texnologiyalaridan ongli va mas’uliyatli foydalanishga undash maqsad qilingan.
Tanlovda ishtirokchilar kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash, firibgarlik holatlarini oldini olish hamda ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashdilar.
Baholash jarayoni adolatli mezonlar asosida amalga oshirilib, eng yaxshi ishlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Tadbir institutda yoshlar o‘rtasida raqamli madaniyatni yuksaltirish va xavfsiz internet muhitini shakllantirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz