Asosiy mazmunga o'tish
Ikki nafar professor-o‘qituvchimiz “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Ikki nafar professor-o‘qituvchimiz “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

13.10.2026 soat 17:17YangiliklarKo'rishlar:136
1J0A9386

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining ikki nafar professor-o‘qituvchisi  Xorijiy tillar fan kafedrasi mudiri Nasiba Ruziyeva hamda Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori boshlig‘i Muxammadi Turayev O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI A’LOCHISI” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Ko‘krak nishonlarini institut rektori Sherzod Urakov tantanali ravishda topshirdi.

Institut jamoasi nomidan Nasiba Ruziyeva va Muxammadi Turayevni ushbu e’tirof bilan muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz