Asosiy mazmunga o'tish
 Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!

Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!

14.10.2026 soat 14:08Davra suhbatlariKo'rishlar:771 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida talaba-yoshlar ishtirokida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida talabalarga turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishning oldini olish, mafkuraviy tahdidlardan himoyalanish hamda internetdan oqilona foydalanish masalalariga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Talabalar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Tursunov mavzu yuzasidan ma’ruza qilib, yoshlarni turli yot g‘oyalar va mafkuraviy tahdidlardan ogoh bo‘lishga, mustaqil fikrlashga hamda internetdan foydalanishda hushyor va mas’uliyatli bo‘lishga chaqirdi.

Davra suhbati yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va turli yot g‘oyalarga nisbatan ogohligini oshirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz