Asosiy mazmunga o'tish
“Talabalikdagi ilk ko‘chat”: ezgu niyatlar niholga aylandi

“Talabalikdagi ilk ko‘chat”: ezgu niyatlar niholga aylandi

16.09.2026 soat 11:57Ekofaol talabalarMatbuotKo'rishlar:23

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida 1-bosqich talaba-qizlar bilan tanishuv doirasida “Talabalikdagi ilk ko‘chatim” loyihasi o‘tkazildi.
Loyiha fakultetning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba-qizlar ishtirokida institut hududiga ramziy ko‘chatlar ekildi. Ushbu ezgu tashabbus yangi boshlangan talabalik davri, ezgu niyatlar, go‘zal orzular hamda kelajakka bo‘lgan ishonch timsoli sifatida ifoda etildi.
Loyiha talaba-yoshlarda tabiatga mehr, ekologik madaniyat va obodonlashtirish ishlariga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar2

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz