Asosiy mazmunga o'tish
Talabalarga kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi

Talabalarga kiberxavfsizlik bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi

16.09.2026 soat 11:34YangiliklarMatbuotKo'rishlar:211 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, xususan, kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida ijtimoiy tarmoqlar va internet tarmog‘i orqali sodir etilayotgan firibgarlik, o‘g‘rilik hamda boshqa kiberjinoyatlar, ularning oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalarga onlayn xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, shubhali havola va xabarlardan ehtiyot bo‘lish hamda kiberjinoyatlardan himoyalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Tadbirda Samarqand viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi mintaqa boshlig‘i, podpolkovnik Ilyos Abduqahharov, kiberprofilaktika katta inspektori, kapitan Doston Meliyev, fakultet dekani va o‘rinbosari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Targ‘ibot tadbiri talaba-yoshlarning kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirish, axborot madaniyatini yuksaltirish hamda internet muhitida xavfsiz xatti-harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz