
“Istibdoddan – istiqlolgacha”: qatag‘on qurbonlari xotirasi yod etildi
20.10.2026 soat 12:00YangiliklarYoshlar bilan ishlash, ma'naviyat-ma'rifat bo'limiKo'rishlar:111 daqiqada o'qiladi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Istibdoddan – istiqlolgacha: qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish” mavzusida ma’rifat darsi o‘tkazildi.
Dars davomida talabalarga qatag‘on davrining ayanchli tarixi, xalqimiz boshiga tushgan siyosiy tazyiqlar, shuningdek, qatag‘on yillarida nohaq ta’qib qilingan va qatl etilgan adiblar hayoti hamda ijodi haqida ma’lumot berildi.
Institut Raqamli texnologiyalar markazi boshlig‘i Javohir O‘tayev hamda O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Gulshod Ergasheva mavzu yuzasidan tushuncha berib, qatag‘on qurbonlari hayoti va faoliyati, ularning xalqimiz tarixi va ma’naviy merosida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritdilar.
Ma’rifat darsi talabalarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga hurmat va istiqlolning qadriga yetish tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qildi.













