
Talabamiz Rizobek Boymurodov — O‘zbekiston chempionati kumush medali sohibi!
Kurash bo‘yicha U-20 yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti talabasi Rizobek Boymurodov faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi. Institutning Jismoniy madaniyat yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Rizobek Boymurodov musobaqada munosib ishtirok etib, kumush medal va diplom bilan taqdirlandi.
Ushbu natija talabaning sport sohasidagi intilishi, mahorati va mehnatining munosib samarasidir.





