Asosiy mazmunga o'tish
Professor-o‘qituvchilarimiz Indoneziyada malaka oshirmoqda

Professor-o‘qituvchilarimiz Indoneziyada malaka oshirmoqda

04.06.2026 soat 10:20YangiliklarKo'rishlar:44

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, dotsent Javlon Quchqorov hamda kafedra o‘qituvchisi Bektosh Mamatov Indoneziya Respublikasining Jakarta shahridagi Esa Unggul University Powered by Arizona State Universityda malaka oshirmoqda.
Malaka oshirish jarayonida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, o‘quv dasturlari va ilmiy-uslubiy adabiyotlar almashinuvi yo‘nalishlarida istiqbolli rejalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz