Asosiy mazmunga o'tish
O‘tkir Hoshimovning boy adabiy merosi targ‘ib qilindi

O‘tkir Hoshimovning boy adabiy merosi targ‘ib qilindi

02.06.2026 soat 14:34YangiliklarMatbuotKo'rishlar:211 daqiqada o'qiladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 1-apreldagi 121-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida atoqli adib O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti tashabbusiga ko‘ra adibning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘tkir Hoshimovning boy adabiy merosini keng targ‘ib etish, uning o‘zbek nasri taraqqiyotiga qo‘shgan beqiyos hissasini yoshlarga yetkazish, talabalarda milliy qadriyatlarga hurmat, kitobxonlik madaniyati hamda yuksak ma’naviy tafakkurni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida adibning serqirra hayoti va ijodiy faoliyati, asarlarida aks etgan insonparvarlik, vatanparvarlik va ezgulik g‘oyalari xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, adib asarlaridan parchalar o‘qilib, badiiy chiqishlar namoyish etildi.

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz