Asosiy mazmunga o'tish
Yana bir xorijiy universitet bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Yana bir xorijiy universitet bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

28.04.2026 soat 06:32YangiliklarMatbuotKo'rishlar:231 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga Indoneziyaning Gresik Muhammadiya universiteti delegatsiyasi rektor, prorektor, Xalqaro bo‘lim hamda audit bo‘limi rahbarlaridan iborat tarkibda tashrif buyurgani haqida avval xabar bergan edik.
Tashrif doirasida institut rektori Sherzod Urakov mehmonlar bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur memorandum asosida bir qator ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy maqolalar va qo‘shma tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tashrif davomida seminar tashkil etilib, unda dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Yakunda delegatsiya a’zolari institut talabalari bilan uchrashib, o‘zaro muloqot olib bordilar.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz