Asosiy mazmunga o'tish
Gresik Muhammadiya universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Gresik Muhammadiya universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

27.04.2026 soat 20:09YangiliklarMatbuotKo'rishlar:241 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutiga Indoneziyaning Gresik Muhammadiya universiteti delegatsiyasi rektor, prorektor, Xalqaro bo‘lim hamda audit bo‘limi rahbarlaridan iborat tarkib tashrif buyurdi.
Tashrif davomida mehmonlar institutning o‘quv jarayoni, ilmiy faoliyati hamda zamonaviy laboratoriyalari bilan yaqindan tanishdilar. O‘zaro muloqotlar jarayonida ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolandi. Mazkur hujjat doirasida bir qator ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi. Jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy maqolalar hamda qo‘shma tadqiqot ishlarini amalga oshirish, shuningdek, yosh tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz