Asosiy mazmunga o'tish
“Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

“Yoshlar kuni” doirasida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

26.03.2026 soat 09:34YangiliklarMatbuotKo'rishlar:271 daqiqada o'qiladi

Bugun, payshanba – “Yoshlar kuni” doirasida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida institut psixologi M.Sulaymonov hamda fakultet dekanlarining o‘rinbosarlari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuv davomida talaba-yoshlarning qiziqishlari, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish masalalari, mavjud muammolar hamda ilgari surilayotgan tashabbuslar muhokama qilindi. Shuningdek, talabalar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar tinglanib, ularni amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tib, unda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish borasidagi muhim masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz