Asosiy mazmunga o'tish
Ramazon oyida mehr va muruvvat ulashildi

Ramazon oyida mehr va muruvvat ulashildi

14.03.2026 soat 09:33YangiliklarMatbuotKo'rishlar:23

Muborak Ramazon oyida Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari F.Ismatov, O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari H.Mirxoliyev, B.Mamatov, yo‘nalish tyutorlari hamda talabalar tashabbusi bilan Kattaqo‘rg‘on shahridagi 5-sonli maktab-internat o‘quvchilari holidan xabar olinib, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Bolalarga Ramazon oyining ezgu g‘oyalari, mehr-oqibat va saxovatning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Tadbir yakunida bolalarga kichik sovg‘alar topshirildi. Bu esa ularning kayfiyatini ko‘tarib, qalblariga quvonch ulashdi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz