Asosiy mazmunga o'tish
Hashar – elga yarashar

Hashar – elga yarashar

13.03.2026 soat 14:53Ekofaol talabalarMatbuotKo'rishlar:29

Bugun, 13-mart kuni Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
Hashar jarayonida institutning volontyor yoshlari faol ishtirok etib, hududni yanada obod va ko‘rkam qilish maqsadida hovli, yashil maydonlar, gulzorlar hamda piyodalar yo‘laklarini tozalash va tartibga keltirish ishlarini amalga oshirdilar.
Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat hududning yanada fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi, balki yoshlar qalbida tabiatga mehr, jamoaviylik va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga ham katta hissa qo‘shadi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz