Asosiy mazmunga o'tish
Kattaqo‘rg‘on shahar va tuman maktablarida kafedra filliallari tashkil etildi

Kattaqo‘rg‘on shahar va tuman maktablarida kafedra filliallari tashkil etildi

21.02.2026 soat 09:13Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuotKo'rishlar:28

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilarining oliy ta’limga kirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Kecha, Kattaqo‘rg‘on shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 100-maktabda kafedraning filiallari ochildi.
Mazkur hamkorlikning asosiy maqsadi – pedagogik tajriba almashish, metodik yordam ko‘rsatish, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, shuningdek, ta’lim tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan islohotlarni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashishdan iborat.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz