Asosiy mazmunga o'tish
Harbiy xizmatchilar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt mavzusida tadbir o‘tkazildi

Harbiy xizmatchilar bilan hamkorlikda sun’iy intellekt mavzusida tadbir o‘tkazildi

21.02.2026 soat 09:02YangiliklarMatbuotKo'rishlar:221 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on garnizonida joylashgan harbiy qismda “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir “Sun’iy intellekt: to‘rtinchi sanoat inqilobi ostonasida” mavzusiga bag‘ishlanib, harbiy qismda axborot xavfsizligini ta’minlash, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali va xavfsiz foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida institut psixologi M.Sulaymonov mazkur mavzu yuzasidan batafsil ma’ruza qildi.
Unda garnizon harbiy xizmatchilari faol ishtirok etib, sun’iy intellektning bugungi kundagi ahamiyati, uning jamiyat va davlat xavfsizligidagi o‘rni, shuningdek, axborot makonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlardan himoyalanish masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz