Asosiy mazmunga o'tish
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

05.02.2026 soat 12:18Korrupsiyaga qarshi kurashishMatbuotKo'rishlar:451 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i E.Xudoyqulov, institut bosh auditori A.Quvondiqov hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur davra suhbatida “Moliyaviy savodxonlik” mavzusi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning sodir etilish sabablari, bunday salbiy holatlarni keltirib chiqaruvchi omillar hamda ularning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, xususan, ijtimoiy tarmoqlar orqali anonim so‘rovnomalar o‘tkazish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz