Asosiy mazmunga o'tish
Xalqaro ilmiy hamkorlik natijasida nufuzli jurnalda maqola e’lon qilindi

Xalqaro ilmiy hamkorlik natijasida nufuzli jurnalda maqola e’lon qilindi

04.02.2026 soat 16:19Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuotKo'rishlar:241 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Mirjalol Kudratov hamda institutimiz o‘qituvchisi, Hindiston Respublikasi fuqarosi professor Tabassum Qazi hamkorligida tayyorlangan “Emotsional regulyatsiya, affekt va psixologik farovonlik: madaniyatlararo tahlil” nomli ilmiy maqola Scopus xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga kiruvchi nufuzli jurnalda chop etildi.
Mazkur maqolada Hindiston va AQSh madaniy muhitida emotsional regulyatsiya, ijobiy va salbiy affekt hamda psixologik farovonlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar empirik tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari ushbu psixologik omillarning madaniyatlararo farqlari va umumiy jihatlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
Ushbu nashr institutimiz professor-o‘qituvchilarining xalqaro miqyosdagi ilmiy faoliyati va xorijiy hamkorlik aloqalarining izchil rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.

Qo'shimcha rasmlar1

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz