Asosiy mazmunga o'tish
YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLARI BOSHLANDI

YAKUNIY NAZORAT IMTIHONLARI BOSHLANDI

12.01.2026 soat 17:09YangiliklarMatbuotKo'rishlar:221 daqiqada o'qiladi

Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari boshlandi. Sessiya jarayonida yakuniy nazorat imtihonlarining o‘tkazilishi doimiy monitoring asosida olib borilmoqda.
Mazkur jarayonning shaffof, adolatli va belgilangan tartibda tashkil etilishini ta’minlash maqsadida institut rektorining buyrug‘iga muvofiq ishchi guruh faoliyat olib bormoqda. Xususan, institutning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplayens nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Elbek Xudoyqulov hamda o‘quv bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ishchi guruh tomonidan yakuniy nazorat imtihonlarining qonuniy va xolis o‘tkazilishi qat’iy nazoratga olingan.
Shuningdek, yakuniy nazorat turlarini keng jamoatchilik bevosita onlayn kuzatish uchun institutning rasmiy veb saytida — https://katdpi.uz/ – maxsus havola orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz