Asosiy mazmunga o'tish
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti xalqaro ilmiy maydonda THE reytingida e’tirof etildi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti xalqaro ilmiy maydonda THE reytingida e’tirof etildi

10.01.2026 soat 16:52Ilmiy faoliyat yangiliklariMatbuotKo'rishlar:321 daqiqada o'qiladi

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim kafedrasi o‘qituvchisi Zulfiya Qarshiyeva hamda professor-o‘qituvchilar tomonidan Scopus xalqaro ilmiy-texnik bazasida chop etilgan maqolalar natijasida institut nomi nufuzli Times Higher Education (THE) xalqaro reytingida qayd etildi.
Mazkur yutuq institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini, professor-o‘qituvchilarning ilmiy faolligini va ta’lim hamda fan integratsiyasiga qaratilgan izchil ishlarni tasdiqlaydi.
THE xalqaro reytingida tilga olinishi institutining xalqaro nufuzini oshirib, kelgusida yangi ilmiy hamkorliklar va yuksak natijalar sari yo‘l ochadi.
Institut jamoasi ushbu muhim yutuq bilan barcha professor-o‘qituvchilarni tabriklaydi va ilmiy faoliyatda yangi muvaffaqiyatlar tilaydi.

Qo'shimcha rasmlar1

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz