Asosiy mazmunga o'tish
Qishki ta’til davrida talabalar “Chol va dengiz” asarini tahlil qildilar

Qishki ta’til davrida talabalar “Chol va dengiz” asarini tahlil qildilar

09.01.2026 soat 10:13YangiliklarMatbuotKo'rishlar:381 daqiqada o'qiladi

Qishki ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” qissasi tahliliga bag‘ishlangan bellashuv o‘tkazildi. Ushbu bellashuv O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchisi Dilbar Suyunova tomonidan Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etildi.
Bellashuv jarayonida talabalar asar mazmunini chuqur tahlil qilish, munozaralarda faol ishtirok etish hamda berilgan savollarga asosli javoblar berish orqali o‘z bilim va dunyoqarashlarini namoyon etdilar. Tadbir davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan siyosatdagi inson qadri, matonat, ezgulik yo‘lida qat’iyat bilan harakat qilish, shuningdek, ilm olish va mehnatsevarlik kabi yuksak g‘oyalar badiiy asar misolida chuqur anglab yetildi.
Mazkur bellashuv talabalarning badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va hayotiy xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Qo'shimcha rasmlar3

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz