Asosiy mazmunga o'tish
Xalqaro malaka oshirish tajribasi hamkasblar bilan bo‘lishildi

Xalqaro malaka oshirish tajribasi hamkasblar bilan bo‘lishildi

08.01.2026 soat 15:30YangiliklarMatbuotKo'rishlar:291 daqiqada o'qiladi

2025-yil 7-oktabrdan 5-noyabrgacha Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi assistent-o‘qituvchilari Shaxnoza Berdiqulova va Zarina Murtozayeva Malayziya universitetining Tilshunoslik fakultetida malaka oshirish kursida ishtirok etdilar.
Bugun mazkur malaka oshirish jarayonida egallangan bilim va tajribalar institut professor-o‘qituvchilari bilan bo‘lishildi. Tadbir doirasida Zarina Murtozayeva ma’ruza o‘qib, malaka oshirish davomida o‘zlashtirilgan zamonaviy yondashuvlar, innovatsion metodlar hamda xalqaro tajribalar yuzasidan batafsil taqdimot o‘tkazdi.
Shuningdek, hisobotlar tayyorlash, taqdimot materiallari (PPT), sertifikatlar hamda elektron yozishmalar (e-mail) bilan bog‘liq tashkiliy masalalar uchun Shaxnoza Berdiqulova mas’ul bo‘ldi.
Mazkur ma’ruza va tajriba almashinuvi xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy metodlarni joriy etish, xalqaro tajribadan samarali foydalanish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz