Asosiy mazmunga o'tish
Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi

Aniq va tabiiy fanlar fakultetida ota-onalar kongressi bo‘lib o‘tdi

10.11.2025 soat 09:50Davra suhbatlariMatbuotKo'rishlar:391 daqiqada o'qiladi

Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalarning ota-onalari hamda institut rahbariyati vakillari ishtirok etdilar.
Ota-onalar kongressini institut rektori Sherzod Urakov ochib berdi. Rektor o‘z nutqida ta’lim sifati, talabalarning ilmiy faoliyati, ularning ijtimoiy faolligi, shuningdek, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida fakultet dekanati tomonidan o‘quv jarayoni, talabalarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ishtiroki haqida batafsil ma’lumot berildi. Ota-onalar o‘z farzandlarining ta’lim jarayonidagi yutuqlari hamda mavjud muammolari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, o‘zlashtirishi yuqori va ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan talabalar ota-onalariga tashakkurnomalar topshirildi. Kongress yakunida ota-onalar va fakultet rahbariyati o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, ta’lim jarayonini takomillashtirish hamda talabalarning samarali o‘qishini qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz