Asosiy mazmunga o'tish
“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining fakultetlar bosqichi bo‘lib o‘tdi

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining fakultetlar bosqichi bo‘lib o‘tdi

08.11.2025 soat 16:32Davra suhbatlariMatbuotKo'rishlar:57

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining fakultetlar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovning asosiy maqsadi iste’dodli yoshlarni aniqlash, ularning sahna madaniyati, aktyorlik mahorati hamda badiiy didini rivojlantirishdan iboratdir.
Tadbir davomida har bir fakultet jamoasi o‘z sahna chiqishlari orqali tomoshabinlarga o‘z iqtidorini namoyon etdi. Ishtirokchilar tomonidan dramatik asarlardan parchalar, satirik lavhalar, shuningdek, zamonaviy hayot mavzusiga oid teatrlashtirilgan sahnalar taqdim etildi.
Tanlov ishtirokchilarining chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan aktyorlik mahorati, badiiy ifoda, sahna ko‘rinishlarining mazmuni va ijodiy yondashuv mezonlari asosida baholandi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz