Asosiy mazmunga o'tish
Rektor va shahar hokimi ta’lim tizimi rivoji yo‘lida yangi tashabbuslar ilgari surdi

Rektor va shahar hokimi ta’lim tizimi rivoji yo‘lida yangi tashabbuslar ilgari surdi

23.10.2025 soat 12:03YangiliklarMatbuotKo'rishlar:501 daqiqada o'qiladi

Rektor va shahar hokimi ta’lim tizimi rivoji yo‘lida yangi tashabbuslar ilgari surdi
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova institut rektori Sherzod Urakov hamda professor-o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tadbir “Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” mavzusida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida shahar hokimi ta’lim sifatini yanada oshirish masalalariga to‘xtalib, professor-o‘qituvchilarning ushbu yo‘nalishdagi fikr va takliflarini tingladi.
Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahrida 17 ta umumta’lim maktab va 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat yuritmoqda. Uchrashuvda ushbu ta’lim muassasalarida o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatish hamda institut bilan maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Shuningdek, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ishlash masalalari ham muhokama qilindi. Institut psixologlari mahallalarda seminar-treninglar o‘tkazishi, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quv qo‘llanmalari tayyorlanishi belgilandi.
“Qalqon” guruhi, volontyor yoshlar va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda aholining gavjum joylarida so‘rovnomalar o‘tkazish, aholiga ko‘rsatilayotgan yordamlarning samaradorligini o‘rganish rejalashtirildi.

📝 Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati

Qo'shimcha rasmlar9

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz