Asosiy mazmunga o'tish
BITIRUVCHINING ISHGA JOYLASHISHI, LOYIHALARINING QO‘LLAB-QUVVATLANISHI ASOSIY VAZIFA

BITIRUVCHINING ISHGA JOYLASHISHI, LOYIHALARINING QO‘LLAB-QUVVATLANISHI ASOSIY VAZIFA

09.07.2025 soat 12:16SeminarlarMatbuotKo'rishlar:511 daqiqada o'qiladi

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bitiruvchilarning qiziqishlari, istiqboldagi rejalari, fikrlari va muammolarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan "Biznes marafon" seminar-trening tashkil qilindi.

Unda filial direktori Sh.Urakov so‘zga chiqib, bugun oliy taʼlim muassasasi bitiruvchisining ishga joylashishi masalasi eng dolzarb vazifalardanligi, talabalarning amaliyot o‘tashi, mustaqil taʼlim olishi jarayonlari bevosita ularning bilimli va malakali kadr sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Seminarda Kattaqoʻrgʻon shahar Kasbiy koʻnikmalar markazi direktori J.Yoʻldoshev, Maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi bosh metodisti A.Tuvalboyev, Pedagogika texnikumi direktori F.Rahimova, Ijtimoiy himoya markazi yuristi S.Abdumurodov, shahar Xalq demokratik partiyasi raisi J.Shamsiddinov bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish bo‘yicha maʼlumot berdi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz