Asosiy mazmunga o'tish
“Jaholatga – qarshi ma’rifat” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

“Jaholatga – qarshi ma’rifat” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

30.09.2026 soat 12:56Davra suhbatlariMatbuotKo'rishlar:611 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida “Jaholatga – qarshi ma’rifat” hamda “Milliylik tuyg‘usi Samarqandda” shiorlari ostida yoshlar ongida milliy an’analarni shakllantirish, ularda milliylik tuyg‘usini yuksaltirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi mutaxassisi B.Qodirov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘linmasi rahbari Q.Boykalonov, Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasi shifokorlari hamda institutda talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi S.Tursunov ishtirok etdi.
Tadbir davomida yoshlarga diniy ekstremizm va separatizm g‘oyalari ta’siriga tushib qolishning oldini olish, turli yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish, milliy qadriyat va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida talabalarga mavzuga oid videorolik namoyish etildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz