Asosiy mazmunga o'tish
“Ona Vatanimning buyuk farzandlari” mavzusida insholar tanlovi

“Ona Vatanimning buyuk farzandlari” mavzusida insholar tanlovi

19.09.2026 soat 09:49YangiliklarMatbuotKo'rishlar:461 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan “Ona Vatanimning buyuk farzandlari” mavzusida insholar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasining “O‘zbek tili va adabiyoti” yo‘nalishi kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar faol ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar o‘z ijodiy ishlarida xalqimiz tarixida chuqur iz qoldirgan buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari hamda milliy ma’naviyatimiz rivojiga munosib hissa qo‘shgan allomalar hayoti va faoliyatini yoritdilar.
Tanlov yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish hamda ijodiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz