Asosiy mazmunga o'tish
“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” – maxsus infografiklar to‘plami

“O‘zbekiston: 35 yillik taraqqiyot va yangi marralar” – maxsus infografiklar to‘plami

18.09.2026 soat 09:41YangiliklarMatbuotKo'rishlar:151 daqiqada o'qiladi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi asosida tayyorlangan maxsus infografiklar to‘plami keng jamoatchilik e’tiboriga havola etildi.

To‘plam ma’ruzaning asosiy mazmun-mohiyatini, ustuvor g‘oyalari va tashabbuslarini tushunarli hamda ko‘rgazmali shaklda yetkazishga qaratilgan. Unda mamlakatimiz taraqqiyotida erishilgan muhim natijalar, asosiy ko‘rsatkichlar va kelgusi rivojlanish yo‘nalishlari, shu jumladan, yetti milliy dasturning mazmuni infografikalar orqali yoritib berilgan.

To‘plamdan taqdimotlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari va ma’rifiy tadbirlarda ko‘rgazmali material sifatida foydalanish mumkin. U ma’ruzada ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni izchil tushuntirishda qulay manba bo‘lib xizmat qiladi.

To‘plam bilan tanishing va taqdimotlaringizda foydalaning!

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz