Asosiy mazmunga o'tish
“1-kurs maktabi”: talabalik hayotiga ilk qadam

“1-kurs maktabi”: talabalik hayotiga ilk qadam

17.09.2026 soat 11:17YangiliklarMatbuotKo'rishlar:21

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining Filologiya va ijtimoiy fanlar fakultetida “Yoshlar kuni” doirasida 1-kurs talabalari uchun “1-kurs maktabi” tadbiri tashkil etildi.
Unda fakultet dekani o‘rinbosari F. Ismatov hamda fakultet tyutorlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayoni, talabalik odobi, shuningdek, yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yangi o‘quv yilini samarali boshlash, 1-kurs talabalarining institut muhitiga moslashuvi va talabalik hayotiga oid zarur tushunchalarni shakllantirishga xizmat qildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz