Asosiy mazmunga o'tish
Yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi!

Yangi o‘quv yili ko‘tarinki ruhda boshlandi!

07.09.2026 soat 17:26YangiliklarMatbuotKo'rishlar:461 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. Institut rektori Sherzod Urakov tadbirni ochib berib, talabalarga yangi o‘quv yilida muvaffaqiyat va omad tiladi. Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova ham so‘zga chiqib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi va ularga omad tiladi.
Tadbirda senator Maryam Niyazova, professor-o‘qituvchilar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida boks bo‘yicha Osiyo chempioni Sevara Mamatova, qator yutuqlarga erishgan chempion sportchilar, o‘qishda yuqori natijalarni qayd etgan hamda joriy yilda yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan yoshlar institut tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, yangi talabalarning ota-onalari so‘zga chiqib, institut jamoasiga minnatdorchilik bildirdi. Tadbir badiiy chiqishlar bilan davom etdi.

Qo'shimcha rasmlar7

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz