Asosiy mazmunga o'tish
Amir Temur vorislari – respublika bosqichi

Amir Temur vorislari – respublika bosqichi

16.06.2026 soat 11:20Yoshlar ittifoqi faoliyatiMatbuotKo'rishlar:251 daqiqada o'qiladi

Ayni vaqtda Jizzax davlat pedagogika universitetida “Amir Temur vorislari” harbiy-sport musobaqasining respublika bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur musobaqada Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasi ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qo‘lga kiritish yo‘lida qat’iyat bilan bellashmoqda.
Musobaqa dasturidan joyidan turib uzunlikka sakrash, 100 metrga yugurish, turnikda tortilish hamda o‘quv granatasini uloqtirish kabi sinovlar o‘rin olgan.
Jamoamiz a’zolari har bir shartda o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va matonatini namoyon etib, institutimiz sha’ni va nufuzini munosib himoya qilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti jamoasiga musobaqaning keyingi bosqichlarida ham omad va zafarlar tilaymiz!

Qo'shimcha rasmlar4

Fayllar1

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz