Asosiy mazmunga o'tish
Turin politexnika universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

Turin politexnika universiteti bilan qo‘shma ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

12.06.2026 soat 09:11YangiliklarMatbuotKo'rishlar:291 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika instituti rektori Sherzod Urakov Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida universitet kampusi, zamonaviy laboratoriyalar, o‘quv-amaliy infratuzilma hamda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Muloqot yakunida tomonlar o‘rtasida ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.
Mazkur hamkorlik doirasida institutda tashkil etiladigan muhandislik fakulteti faoliyatini ilmiy-metodik, o‘quv-uslubiy va amaliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, muhandislik ta’lim dasturlarini zamonaviy hamda xalqaro talablar asosida shakllantirish, shuningdek, mehnat bozori ehtiyojlariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, hamkorlik doirasida “Sanoatda ishlab chiqarish texnologiyalari” va “Barqaror transport” bakalavriat yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Ushbu memorandum ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ta’lim sifati, ilmiy salohiyat va amaliy muhandislik tayyorgarligini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Qo'shimcha rasmlar9

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz