Asosiy mazmunga o'tish
Ta’lim dasturlari xalqaro ekspertlar ishtirokida baholanmoqda

Ta’lim dasturlari xalqaro ekspertlar ishtirokida baholanmoqda

06.06.2026 soat 16:48Ilmiy-tadqiqiot faoliyatiMatbuotKo'rishlar:291 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida yangi ta’lim dasturlarini maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonlari boshlandi.
Mazkur jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi mas’ul xodimlari, tegishli tashkilotlar vakillari hamda mahalliy va xorijiy ekspertlar ishtirok etmoqda.
Ekspertlar institutning Axborot-resurs markazi, o‘quv va ilmiy laboratoriyalari hamda ularda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, talabalar va professor-o‘qituvchilarning laboratoriya jihozlaridan foydalanish ko‘nikmalari, amalga oshirilayotgan innovatsion ishlanmalar hamda ixtirolar o‘rganildi.
Jarayon doirasida Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Elektrotexnika zavodiga ham tashrif buyurilib, ta’lim dasturlarining ishlab chiqarish bilan integratsiyasi va amaliyot bazalari holati ko‘zdan kechirildi.
Baholash davomida institutdagi ta’lim sifati, moddiy-texnik baza, ilmiy salohiyat, professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasi hamda yangi ta’lim dasturlarining mehnat bozori talablariga muvofiqligi har tomonlama tahlil qilinmoqda.

Qo'shimcha rasmlar8

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz