Asosiy mazmunga o'tish
Talabalar uchun unutilmas tashrif

Talabalar uchun unutilmas tashrif

19.05.2026 soat 09:23TashriflarMatbuotKo'rishlar:301 daqiqada o'qiladi

Avval xabar berganimizdek, Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutining bir guruh talabalari Toshkent shahriga tashrif buyurgani haqida ma’lum qilgan edik.
Sayohat davomida talabalar Oʻzbekiston xalqaro islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, yurtimizning boy ma’naviy merosi, buyuk allomalar hayoti va milliy qadriyatlarimiz bilan yaqindan tanishdilar.
Tashrif jarayonida ular nodir qo‘lyozmalar, tarixiy manbalar hamda zamonaviy interaktiv ko‘rgazmalarni tomosha qilib, ajdodlarimizning ilm-fan va tamaddun rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Ayniqsa, buyuk mutafakkirlarimizning boy ilmiy merosi, islom madaniyatining insonparvarlik g‘oyalari hamda milliy qadriyatlarimiz aks etgan bo‘limlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.

Fayllar1

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz