Asosiy mazmunga o'tish
Guljamol Asqarovaning “Cho‘g‘ ustida raqs” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Guljamol Asqarovaning “Cho‘g‘ ustida raqs” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi

30.04.2026 soat 21:35YangiliklarMatbuotKo'rishlar:271 daqiqada o'qiladi

Bugun Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, “Shuhrat” medali sohibasi Guljamol Asqarovaning “Cho‘g‘ ustida raqs” nomli she’riy kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, institut rektori Sherzod Urakov, shoira Guljamol Asqarovaning o‘zi, professor-o‘qituvchilar, she’riyat ixlosmandlari hamda talabalar ishtirok etdi.
Taqdimotni shahar hokimi Gavhar Alimova ochib berdi va shoira ijodi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni haqida atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Ma’lumot uchun, Guljamol Asqarovaning 10 dan ortiq kitoblari nashr etilgan bo‘lib, “Baxt dastxati”, “Uyg‘otuvchi alla”, “Erkalik imtiyozi” kabi asarlari kitobxonlar mehrini qozongan.
Tadbir davomida talabalar tomonidan shoira she’rlari ifodali o‘qildi hamda uning ijodiga bag‘ishlangan qo‘shiqlar ijro etildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar shoiraning kitoblaridan muallif dastxatini olishdi, shuningdek, u bilan bevosita muloqot qilib, iliq taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz