Asosiy mazmunga o'tish
Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi

Professor-o‘qituvchilar o‘rtasida voleybol musobaqasi tashkil etildi

22.04.2026 soat 09:51Sport klubiMatbuotKo'rishlar:251 daqiqada o'qiladi

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, jamoada hamjihatlik va faollikni yanada kuchaytirish maqsadida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida voleybol sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Mazkur tadbir mamlakatimizda sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar va ziyolilar orasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi. Xususan, Prezident tomonidan videoselektor yig‘ilishlarida sportni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratilib, “sport – sog‘lom xalq va sog‘lom avlodning mustahkam tayanchi” ekani ta’kidlab o‘tilgani bu boradagi ishlar uchun muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Musobaqa davomida institut professor-o‘qituvchilari o‘zaro bellashib, sportga bo‘lgan qiziqish va sadoqatlarini yana bir bor namoyon etdilar. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar ishtirokchilarga yuqori kayfiyat, jamoaviylik ruhi va sog‘lom raqobat muhitini ulashdi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz