Asosiy mazmunga o'tish
“Tarix fanining dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

“Tarix fanining dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi

16.04.2026 soat 17:12SeminarlarMatbuotKo'rishlar:241 daqiqada o'qiladi

O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Tarix fanining dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminarga Samarqand davlat universiteti dotsenti Muhammadi Buzrukov “Tarixiy tadqiqotlarda eski o‘zbek yozuvini bilishning ahamiyati” hamda SamDU Xalqaro ta’lim dasturlari markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Sardor Umarov “Tarix sohasiga oid xalqaro grantlar va dasturlarda ishtirok etish” mavzularida ma’ruza qilish uchun taklif etildi.
Ilmiy seminarda 1-bosqich tarix yo‘nalishi talabalari ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.
Seminar davomida tarix fanining bugungi kundagi dolzarb muammolari, ularning yechimlari hamda sohadagi muhim masalalar yuzasidan keng muhokamalar olib borildi.

Qo'shimcha rasmlar4

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz