Asosiy mazmunga o'tish
1-bosqich talabalari malakaviy amaliyotga yuborildi

1-bosqich talabalari malakaviy amaliyotga yuborildi

14.04.2026 soat 09:02YangiliklarMatbuotKo'rishlar:70

Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida Pedagogika, Maktabgacha ta’lim, Jismoniy madaniyat, Texnologik ta’lim hamda Tasviriy san’at yo‘nalishlari 1-bosqich talabalari uchun 2 haftalik malakaviy amaliyotga yuborish masalasiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur amaliyot jarayonida talabalar Kattaqo‘rg‘on shahridagi umumta’lim maktablarida o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.
Tadbir davomida Pedagogika fakulteti dekani A.Saidov hamda kafedra mudiri T.Eshquvvatov talabalarga amaliyot jarayonini samarali tashkil etish, ichki tartib-qoidalarga rioya qilish va yo‘riqnomalar asosida faoliyat olib borish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdilar.

Qo'shimcha rasmlar6

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz