Asosiy mazmunga o'tish
MILLIY QADRIYATLAR – MA’NAVIYATIMIZ KO‘ZGUSI

MILLIY QADRIYATLAR – MA’NAVIYATIMIZ KO‘ZGUSI

10.04.2026 soat 10:43YangiliklarMatbuotKo'rishlar:28

2-sonli talabalar turar joyida talabalar tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlar – ma’naviyatimiz ko‘zgusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir doirasida milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz va an’analarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda milliy liboslar namoyishi o‘tkazildi.
Tadbirda institut rektori, prorektorlar hamda professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Shuningdek, talabalar turar joyidagi xonalar kesimida milliy ruh aks etgan bezaklar, ozodalik va tartib-intizom alohida e’tirof etilib, faol talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

Qo'shimcha rasmlar5

Ulashish:
© 2026 KATTAQO'RG'ON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI · A.Temur ko'chasi 27-uy, Kattaqo'rg'on shahri, Samarqand viloyati, 140814, O'zbekiston · +998 55 704 11 74 · info@katdpi.uz